O‘zbekistonda yangi yengil va yuk avtomobillarni olib kirishda majburiy ekologik sertifikatlash talablari bekor qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yangi qaroriga ko‘ra, endilikda import qiluvchilar ekologik standartlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri transport vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar hujjatlaridan foydalangan holda tasdiqlashlari mumkin.
20-sentabrdan boshlab ishlab chiqaruvchidan sertifikat yoki texnik hisobot ekologik standartlarga muvofiqligini tasdiqlash uchun etarli bo‘ladi. Ushbu chora mamlakatimizga avtotransport vositalarini olib kirish jarayonini sezilarli darajada soddalashtiradi va tezlashtiradi.
Qayd etish joizki, elektromobillar ekologik sinovlardan butunlay ozod qilingan, bu esa mamlakatda elektr transportini rivojlantirish uchun qo‘shimcha rag‘bat beradi. Biroq, gibrid avtomobillar uchun ekologik standartlarga javob berish talabi saqlanib qolmoqda.