Toshkentlik fuqaroning xonadoni auksionda sotiladi

Toshkentlik fuqaroning xonadoni auksionda sotiladi
Toshkent shahar Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, poytaxtlik fuqaroning katta miqdordagi qarzi mavjud.

Shayxontohur tumanlararo fuqarolik ishlari sudi qaroriga asosan Toshkent shahar Majburiy ijro byurosiga bank foydasiga 844,77 million so‘m undirish haqida ijro hujjati kelib tushgan. Qarzdorlik kreditning o‘z vaqtida qaytarilmagani sabab yuzaga kelgan. Sud qaroriga muvofiq, bank foydasiga garov sifatida qo‘yilgan, Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi TTZ-3 massivida joylashgan xonadon undirib berilishi belgilangan.

"O‘zbekiston Respublikasida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida"gi Qonunning 23-moddasiga muvofiq ijro ishi qo‘zg‘atilib, qarzdorga bank foydasiga qarzni ixtiyoriy tartibda to‘lash majburiyati yuklatilgan. Qarzdor qonuniy talabni belgilangan muddatda bajarmagach, majburiy ijro choralari qo‘llanib, joriy yil 19-sentabr kuni guvohlar, tegishli tashkilotlar vakillari va undiruvchi ishtirokida kvartiraga xatlov (arest) qo‘yilgan.

Qarzdor 844,77 million so‘m miqdoridagi qarzni belgilangan muddatda to‘lamagani sababli, Byuro inspektori ko‘chmas mulkni elektron onlayn auksionga chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Hozirda arest qilingan uy-joyni auksion orqali realizatsiya qilish choralari ko‘rilmoqda.
So'ngi yangiliklar

O‘zbekistondagi 39 ta avtosalon o‘zbek tilida yo‘riqnomalar bermagan

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi avtomobil dilerlarining faoliyati va kafolatli xizmat ko‘rsatish tizimini keng miqyosda
28-10-2025, 21:04 35

Oltin narxi O‘zbekistonda keskin pasaydi

Seshanba, 28-oktabr kuni O‘zbekistonning ichki qimmatbaho metallar bozorida oltin qiymatining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Markaziy bank
28-10-2025, 20:48 7

Serbiya Prezidenti muzokaralar va YUNESKO sessiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda

Bugun, 28-oktabr kuni, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning samolyoti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelib, Toshkent xalqaro
28-10-2025, 19:57 1

Toshkentda avtovoz tunelda tiqilib qoldi

Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi. Joriy yil 26-oktabr kuni soat taxminan 16:30 da yangi tunnelga kirishda yangi
28-10-2025, 18:32 22

Quvaytning Noor kompaniyasi islom banki yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Quvaytning "Noor Financial Investment Company" investitsiya guruhi O‘zbekiston hududida bir qator loyihalarni amalga oshirishga qiziqish
28-10-2025, 18:21 1