Joriy yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda qariyb 38,1 million kishi istiqomat qiladi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,9% ga oshganini anglatadi.
Yil boshidan sentyabrgacha mamlakatda 664 mingdan ortiq chaqaloq tug‘ildi. O‘lim soni 132 mingdan oshdi.
Aholining tabiiy o‘sish sur’ati 532 mingdan oshdi. Shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston aholisi tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda, ammo yaqin kelajakda bu o‘sish sezilarli darajada sekinlashishi mumkin.