IIV matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi.
Idora ma’lumotiga ko‘ra, joriy yil 25-oktabr kuni O‘zbekistonda Vazirlar Mahkamasining 676-son qarori qabul qilindi. Hujjatga muvofiq, moped va skuterlarni boshqarish huquqini beradigan "A1" toifali haydovchilik guvohnomasi joriy etiladi. "A1" toifasini olish uchun avtomaktabda o‘qish majburiy emas, imtihon topshirish kifoya. Bu yangilik 2026-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Qayd etilishicha, hozirda skuter va moped haydovchilari sezilarli qiyinchiliklarga duch kelmoqda, chunki "A" toifali guvohnoma narxi ko‘pincha transport vositasining o‘zidan qimmatga tushadi. Ko‘pincha kuryer sifatida ishlaydigan bunday haydovchilar uchun bu mehnat faoliyatini amalga oshirishda katta to‘siq bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu cheklovlar tufayli minglab kishilar ishidan mahrum bo‘lib qolishi mumkin edi.