ATTO matbuot xizmati ularning jismoniy va virtual transport kartalari yordamida toshkentliklar amalga oshirgan safarlarga oid statistika bilan bo‘lishdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yil sentabr oyida poytaxt aholisi jamoat transportida safar xarajatlarini maksimal darajada tejashga erishdi. ATTO transport kartalaridan foydalanganda tejamkorlik sezilarli oshadi, chunki avtobus va metro o‘rtasida ko‘chishlarda maxsus tariflar qo‘llaniladi. Xususan, avtobusdan metroga ko‘chilganda bir yo‘l kira haqi 1 100 so‘mni, avtobusdan avtobusga ko‘chishda esa 700 so‘mni tashkil etadi. Uchinchi avtobusga ko‘chish bepul.
Shu tariqa ATTO‘ning virtual va jismoniy kartalari orqali 14,1 millionta safar amalga oshirildi: shundan 10,9 milliontasi avtobusda, 3,17 milliontasi metroda. Ko‘chish tariflari hisobiga yo‘lovchilar 3,3 milliard so‘m mablag‘ni tejashdi.