Toshkent shahridagi "Grand Mir" mehmonxonasi (Rossiya aylanasi) yaqinidagi chorrahada transport harakati tiklandi, deb xabar berdi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.
Shota Rustaveli ko‘chasida jadal yo‘l ishlari davom etmoqda. Uni imkon qadar tez va sifatli yakunlash uchun barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda.
Kechasi va erta tongda olib borilgan ishlar tufayli Grand Mir mehmonxonasi oldidagi aylanma yo‘lda allaqachon harakat tiklangan.