O‘zbekiston pullik yo‘l loyihasini amalga oshirish rejasini e’lon qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchilarga pullik yo‘llarda 150 km/soatgacha tezlikda harakatlanishiga ruxsat beriladi.
Qayd etilishicha, tez orada yangi yo‘l qonuni qabul qilinishi kutilmoqda. Qonunga pullik yo‘llar to‘g‘risidagi nizom kiritiladi.
"Pullik yo‘llardan foydalanganlik uchun to‘lov va ruxsat etilgan tezlik chegarasi bo‘ladi. Pullik yo‘llarda 150 km/soatgacha tezlikda harakatlanishga ruxsat berilishi kutilmoqda", - dedi yangi qonun loyihasi bilan tanish manba.