O‘zbekistonda haydovchilarga taqiqlovchi belgilar ostida to‘xtashga ruxsat beriladi

O‘zbekistonda haydovchilarga taqiqlovchi belgilar ostida to‘xtashga ruxsat beriladi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat havfsizligi departamenti Yo‘l harakati havfsizligi hizmati matbuot xizmati axborot xabarini e’lon qildi.

Xabarga ko‘ra, O‘zbekistonda "To‘xtash taqiqlangan" va "To‘xtab turish taqiqlangan" yo‘l belgilari amal qilish tartibiga o‘zgartirishlar kiritiladi. Endilikda haydovchilarga ushbu belgilar amal qiluvchi hududlarda yo‘l harakati xavfsizligiga, boshqa transport vositalariga va yo‘l infratuzilmasiga to‘sqinlik qilmagan holda ma’lum vaqt davomida to‘xtashga ruxsat beriladi. Belgilar ostida ularning amal qilish vaqtini ko‘rsatuvchi qo‘shimcha belgilar o‘rnatiladi.

Mazkur o‘zgarish yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, tirbandliklarni kamaytirish hamda haydovchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida joriy etilmoqda.

Ta’kidlanishicha, ushbu ruxsat faqat belgilangan qoidalarga rioya etilgan holda amal qiladi. Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzish yoki transport vositalari harakatiga to‘sqinlik qilish holatlari haydovchi uchun ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
So'ngi yangiliklar

O‘zbekistondagi 39 ta avtosalon o‘zbek tilida yo‘riqnomalar bermagan

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi avtomobil dilerlarining faoliyati va kafolatli xizmat ko‘rsatish tizimini keng miqyosda
28-10-2025, 21:04 35

Oltin narxi O‘zbekistonda keskin pasaydi

Seshanba, 28-oktabr kuni O‘zbekistonning ichki qimmatbaho metallar bozorida oltin qiymatining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Markaziy bank
28-10-2025, 20:48 7

Serbiya Prezidenti muzokaralar va YUNESKO sessiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda

Bugun, 28-oktabr kuni, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning samolyoti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelib, Toshkent xalqaro
28-10-2025, 19:57 1

Toshkentda avtovoz tunelda tiqilib qoldi

Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi. Joriy yil 26-oktabr kuni soat taxminan 16:30 da yangi tunnelga kirishda yangi
28-10-2025, 18:32 22

Quvaytning Noor kompaniyasi islom banki yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Quvaytning "Noor Financial Investment Company" investitsiya guruhi O‘zbekiston hududida bir qator loyihalarni amalga oshirishga qiziqish
28-10-2025, 18:21 1