O‘zbekistonda musiqa terapiyasi assotsiatsiyasi tashkil etildi, deb xabar beradi UPL muxbiri.
Ma’lumotlarga ko‘ra, uyushma Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etilgan. Bu sohani rivojlantirish uchun jamoat tashkiloti bo‘lib xizmat qiladi.
Ma’lumot uchun: Musiqa terapiyasi - bu psixoterapevtik usul bo‘lib, musiqa va musiqiy elementlardan foydalanib, insonning jismoniy va hissiy holatiga ta’sir qiladi.