IQAir ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkentda havoning ifloslanish darajasi jiddiyligicha qolmoqda.
O‘zbekiston poytaxtida nafas olish ayni damda nihoyatda zararli. PM2.5 kontsentratsiyasi hozirda JSST tavsiya qilgan yillik o‘rtacha ko‘rsatkichdan 12,7 baravar yuqori.
Shifokorlar o‘zbekistonliklarga ochiq havoda sayr qilmaslikni, derazalarni mahkam yopishni, havo tozalagichdan foydalanishni tavsiya qiladi. 22-sentabr kuni soat 13:00 dan beri havoning yuqori ifloslanish darajasi saqlanib qolmoqda. Hozirda Toshkent havosi eng ifloslangan shaharlar orasida birinchi o‘rinda turibdi.