Toshkent dunyoda havosi eng yomon bo‘lgan shaharlar orasida 10-o‘rinni egallamoqda

Toshkent dunyoda havosi eng yomon bo‘lgan shaharlar orasida 10-o‘rinni egallamoqda
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent shahridagi atmosfera havosi monitoring stansiyalaridan olingan ma’lumotlar e’lon qilindi.

Joriy yil 24-sentyabr kuni soat 09:00 holatiga ko‘ra, Toshkent shahri hududida atmosfera havosida PM2,5 zarrachalari me’yoridan yuqori darajada qayd etilgan. Ularning miqdori 38,23 mkg/m3ni tashkil etib, bu ko‘rsatkich SanQvaN 0053-23 me’yoridan 1,09 baravar yuqori. Ma’lum qilinishicha, belgilangan me’yor 35 mkg/m3ni tashkil etadi. Shu bilan birga, PM10 zarrachalari miqdori 110,08 mkg/m3 bo‘lib, belgilangan me’yorlardan oshmagan. Uglerod oksidi miqdori ham me’yor doirasida qolgan.

IQAir xalqaro platformasi ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahri havosi eng ifloslangan shaharlar orasida dunyoda 10-o‘rinni egallagan. Shahar ifloslanish indeksi 93 birlikni tashkil etib, bu o‘rtacha ko‘rsatkich sifatida qayd etilgan. Reytingda 9-o‘rinni Malayziyaning Kuching shahri, 8-o‘rinni Bangladesh poytaxti Dakka va 7-o‘rinni Xitoy poytaxti Pekin shahri egallab turibdi.
So'ngi yangiliklar

O‘zbekistondagi 39 ta avtosalon o‘zbek tilida yo‘riqnomalar bermagan

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi avtomobil dilerlarining faoliyati va kafolatli xizmat ko‘rsatish tizimini keng miqyosda
28-10-2025, 21:04 35

Oltin narxi O‘zbekistonda keskin pasaydi

Seshanba, 28-oktabr kuni O‘zbekistonning ichki qimmatbaho metallar bozorida oltin qiymatining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Markaziy bank
28-10-2025, 20:48 7

Serbiya Prezidenti muzokaralar va YUNESKO sessiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda

Bugun, 28-oktabr kuni, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning samolyoti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelib, Toshkent xalqaro
28-10-2025, 19:57 1

Toshkentda avtovoz tunelda tiqilib qoldi

Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi. Joriy yil 26-oktabr kuni soat taxminan 16:30 da yangi tunnelga kirishda yangi
28-10-2025, 18:32 22

Quvaytning Noor kompaniyasi islom banki yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Quvaytning "Noor Financial Investment Company" investitsiya guruhi O‘zbekiston hududida bir qator loyihalarni amalga oshirishga qiziqish
28-10-2025, 18:21 1