Samarqandda qirg‘ovullarni noqonuniy o‘ldirgan ovchilar jazolanadi

Samarqandda qirg‘ovullarni noqonuniy o‘ldirgan ovchilar jazolanadi
Samarqand viloyati ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati huquqbuzarlarga qanday jazo tayinlangani haqida xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani Sharof Rashidov qishlog‘ida ikki erkak noqonuniy ov qilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Shundan so‘ng voqea joyiga Nurobod tumanidan ekologiya inspektorlari yuborilib, vaziyat o‘rganildi.

Inspektorlar qonunbuzarlikka Pastdarg‘om tumanidagi "Turkman" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi ikki nafar fuqaroning aloqadorligini aniqladi. Huquqbuzarlar dashtda zarafshon qirg‘ovullarini ovlash uchun ikkita ov miltig‘idan foydalangan.

Huquqbuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining "Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish" moddasi 4-qismi bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Ularga 50 dan 70 gacha bazaviy hisoblash miqdorining (20 600 000 so‘mdan 28 840 000 so‘mgacha) jarima solinadi. To‘plangan barcha ish materiallari huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.
So'ngi yangiliklar

O‘zbekistondagi 39 ta avtosalon o‘zbek tilida yo‘riqnomalar bermagan

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi avtomobil dilerlarining faoliyati va kafolatli xizmat ko‘rsatish tizimini keng miqyosda
28-10-2025, 21:04 35

Oltin narxi O‘zbekistonda keskin pasaydi

Seshanba, 28-oktabr kuni O‘zbekistonning ichki qimmatbaho metallar bozorida oltin qiymatining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Markaziy bank
28-10-2025, 20:48 7

Serbiya Prezidenti muzokaralar va YUNESKO sessiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda

Bugun, 28-oktabr kuni, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning samolyoti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelib, Toshkent xalqaro
28-10-2025, 19:57 1

Toshkentda avtovoz tunelda tiqilib qoldi

Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi. Joriy yil 26-oktabr kuni soat taxminan 16:30 da yangi tunnelga kirishda yangi
28-10-2025, 18:32 22

Quvaytning Noor kompaniyasi islom banki yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Quvaytning "Noor Financial Investment Company" investitsiya guruhi O‘zbekiston hududida bir qator loyihalarni amalga oshirishga qiziqish
28-10-2025, 18:21 1