Qurigan o‘tni yoqib yuborgan ayol jazoga tortilgani haqida Toshkent viloyati ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida bir ayol qurigan o‘tni yoqib yuborayotgani haqida xabar tarqaldi. Voqea Chambil mahallasida, eski go‘sht kombinati yonida sodir bo‘lgan. Ushbu ma’lumotlar asosida voqea joyiga ekologiya inspektorlari jo‘natilgan va vaziyat o‘rganilgan.
Tekshiruv davomida qurigan o‘tni yoqib yuborgan shaxs ayol ekanligi aniqlangan. U va boshqa mahalla ahli bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.
Ayolga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining "Atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik" moddasi 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma qo‘zg‘atildi. Unga 1 million 236 ming so‘m jarima solindi.