Brakonerlar aniqlandi - Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ekologiya boshqarmasi tezkor guruhi Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi Sho‘rko‘l suv omborida reyd o‘tkazdi. O‘tkazilgan reydlar davomida G‘ijduvon tumanida yashovchi ikki nafar fuqaro elektr qarmoq bilan qonunga xilof ravishda baliq tutayotgani aniqlandi. Ular suv omboridan O‘zbekiston "Qizil kitobi"ga kiritilgan 1 ta turkistonlik shingilni va 17 ta sazan tutishga muvaffaq bo‘ldi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, atrof-muhitga yetkazilgan zarar 107 million 523 ming so‘mni tashkil qilgan. 18 ta baliq, rezina qayiq va elektr jihozlari daliliy ashyo sifatida olindi. To‘plangan barcha ish materiallari tergov o‘tkazish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. Brakonerlar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.