Rossiya prezidenti Amudaryo va Sirdaryoni saqlab qolish uchun mablag’ ajratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Vladimir Putin "Rossiya-Markaziy Osiyo" sammiti chog‘ida ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya Markaziy Osiyo davlatlariga Amudaryo va Sirdaryo suvlarini saqlash, monitoring qilish va yangi texnologiyalarni joriy etish uchun mablag’ ajratadi. Bundan tashqari, mablag‘lar Orol dengizi tubida o‘rmon yaratishga yo‘naltiriladi.
Ajratilgan mablag‘lar jami 33 million dollar. Rossiya Markaziy Osiyo davlatlariga suv tanqisligini bartaraf etishda yordam berishni rejalashtirmoqda.