Andijonda daraxtni noqonuniy kesib tashlagan erkak endi katta miqdorda jarima to‘laydi

Andijonda daraxtni noqonuniy kesib tashlagan erkak endi katta miqdorda jarima to‘laydi
Huquqbuzarga nisbatan chora ko‘rildi - Andijon viloyati Ekologiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Har bir mahallada ekologiya inspektorlari tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan muntazam nazorat olib borilmoqda. Ushbu chora-tadbirlar hududdagi ekologik vaziyatni yaxshilash, daraxtlarni muhofaza qilish ishlarini yanada samarali tashkil etishga qaratilgan.

Ekologiya inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi profilaktika tadbiri davomida Buloqboshi tumanidagi "M.Ismoiliy" MFY qarashli hududda, yo‘l chetidagi do‘kon yonida daraxtlarni noqonuniy kesish holati aniqlandi. Erkak katalpa daraxtini noqonuniy ravishda kesib tashlagani aniqlangan.

Mazkur shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining "Daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish" moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma qo‘zg‘atildi. Unga 10 300 000 so‘m jarima solingan. Shuningdek, unga yetkazilgan 4 120 000 so‘m moddiy zararni qoplashi kerak bo‘ladi.
So'ngi yangiliklar

O‘zbekistondagi 39 ta avtosalon o‘zbek tilida yo‘riqnomalar bermagan

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi avtomobil dilerlarining faoliyati va kafolatli xizmat ko‘rsatish tizimini keng miqyosda
28-10-2025, 21:04 35

Oltin narxi O‘zbekistonda keskin pasaydi

Seshanba, 28-oktabr kuni O‘zbekistonning ichki qimmatbaho metallar bozorida oltin qiymatining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Markaziy bank
28-10-2025, 20:48 7

Serbiya Prezidenti muzokaralar va YUNESKO sessiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda

Bugun, 28-oktabr kuni, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning samolyoti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelib, Toshkent xalqaro
28-10-2025, 19:57 1

Toshkentda avtovoz tunelda tiqilib qoldi

Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi. Joriy yil 26-oktabr kuni soat taxminan 16:30 da yangi tunnelga kirishda yangi
28-10-2025, 18:32 22

Quvaytning Noor kompaniyasi islom banki yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Quvaytning "Noor Financial Investment Company" investitsiya guruhi O‘zbekiston hududida bir qator loyihalarni amalga oshirishga qiziqish
28-10-2025, 18:21 1