Saksovulni kesish buxorolik erkakga 15 million so‘mga tushadi

Saksovulni kesish buxorolik erkakga 15 million so‘mga tushadi
Saksovulni kesish bilan shug‘ullangan shaxs jazolandi - Buxoro viloyati ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ekologiya inspektorlari tomonidan Buxoro viloyatida atrof-muhit va bioxilma-xillikni asrash, saksovul kesilishining oldini olish maqsadida nazorat reydlari o‘tkazilmoqda. Buxoro viloyati ekologiya boshqarmasi tezkor guruhi Shofirkon tumani bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tumandagi cho‘l hududlarida nazorat reydlari o‘tkazdi.

Reyd davomida Shofirkon tumanida yashovchi G‘alaba cho‘li hududidan saksovulni kesib o‘tayotganligi aniqlandi.

Mazkur shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining "Daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish" moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma qo‘zg‘atildi. Unga 10 300 000 so‘m jarima solingan. Shuningdek, undan 5 191 200 so‘m tovon undirilishi ham talab qilinadi.

Ma’lumot uchun, saksovul o‘rmonlarining paydo bo‘lishi o‘zgaruvchan qumlarni barqarorlashtirishga yordam beradi, cho‘llanish jarayonini sekinlashtiradi va yer yaqinida shamol tezligini pasaytiradi, chang zarralari va tuz-qum zarralari havoga chiqishining oldini oladi. Etti yillik saksovul o‘rmonida shamol tezligi butunlay to‘xtatiladi. Bitta saksovul tupi to‘rt tonna ko‘chma qumni to‘xtata oladi. Bir gektar saksovul o‘rmoni yiliga 1135 kg karbonat angidridni o‘zlashtiradi va 835 kg kislorod chiqaradi. Bu havo tarkibini yaxshilaydi va atrof-muhit ifloslanishining oldini oladi.
So'ngi yangiliklar

O‘zbekistondagi 39 ta avtosalon o‘zbek tilida yo‘riqnomalar bermagan

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi avtomobil dilerlarining faoliyati va kafolatli xizmat ko‘rsatish tizimini keng miqyosda
28-10-2025, 21:04 35

Oltin narxi O‘zbekistonda keskin pasaydi

Seshanba, 28-oktabr kuni O‘zbekistonning ichki qimmatbaho metallar bozorida oltin qiymatining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Markaziy bank
28-10-2025, 20:48 7

Serbiya Prezidenti muzokaralar va YUNESKO sessiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda

Bugun, 28-oktabr kuni, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning samolyoti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelib, Toshkent xalqaro
28-10-2025, 19:57 1

Toshkentda avtovoz tunelda tiqilib qoldi

Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi. Joriy yil 26-oktabr kuni soat taxminan 16:30 da yangi tunnelga kirishda yangi
28-10-2025, 18:32 22

Quvaytning Noor kompaniyasi islom banki yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Quvaytning "Noor Financial Investment Company" investitsiya guruhi O‘zbekiston hududida bir qator loyihalarni amalga oshirishga qiziqish
28-10-2025, 18:21 1