O‘zbekistonda Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi mashhur guruhda foydalanuvchilar Toshkentdan tashqari qaysi shaharlarda uy-joy olish imkoniyati mavjudligini muhokama qilishdi. Ular o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
O‘zbekistonliklarga poytaxtdan tashqari Yangiyo‘l, Chirchiq, Jomboy, Angren, Olmaliq, Mo‘ynoq, Samarqand, G‘azalkent, Andijon, Yangiobod, Termiz, Chinoz, Buxoro, Shahrisabz, Denov, Nurafshon shaharlarini ham ko‘rib chiqish tavsiya qilindi. Bu shaharlarda uy-joy narxi Toshkentga qaraganda ancha past. Shuningdek, foydalanuvchilar Xivani sayyohlik salohiyati uchun tavsiya qilgan.
Qayd etish joizki, yuqorida tilga olingan barcha shaharlar faol rivojlanmoqda. Hozir bu shaharlarda uy sotib olish kelajak uchun foydali sarmoya bo‘lishi mumkin. Masalan, Samarqand shahridagi uch xonali kvartiraning narxi so‘nggi bir yil ichida taxminan 5-7 ming dollarga oshgan.