O‘zbekiston Markaziy banki asosiy foiz stavkasini o‘zgarishsiz qoldirdi, deb xabar beradi regulyator matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, asosiy foiz stavkasi yillik 14% darajasida saqlanib qoldi. Qaror inflyatsiya xavfi va kuchli yalpi talabni hisobga olgan holda qabul qilindi.
Shuni ta’kidlash kerakki, asosiy foiz stavkasi mamlakat pul-kredit siyosatida muhim rol o‘ynaydi. Asosiy foiz stavkasi qanchalik yuqori bo‘lsa, banklar va natijada aholi uchun kreditlar shunchalik qimmatlashadi.