O‘zbekiston poytaxtida issiq suv va isitish tariflari oshadi. Bu haqda UPL muxbiri shahar hokimining qaroriga tayanib xabar berdi.
Hokimning qarori 27-oktabr kuni qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, QQSsiz quyidagi tariflar qo‘llaniladi:
Asosiy tarif - 711 641 so‘m/Gkal;
Aholi uchun - 139 860 so‘m/Gkal;
Byudjet tashkilotlari uchun - 952 797 so‘m/Gkal;
Boshqa ulgurji tashkilotlar uchun - 342 296 so‘m/Gkal.