Turkiyada O‘zbekiston fuqarosi o‘lik holda topilgani haqida mahalliy matbuot xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 36 yoshli ayol Istanbulning Fotih tumanidagi kvartirada ijarada yashagan. U bir necha kundan beri oilasi bilan bog‘lanmagan va ular yordam chaqirishgan. Kvartira eshigi ochilganda, u o‘lik holda topilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, marhumning jasadida zo‘ravonlik bilan o‘lim belgilari aniqlangan, jumladan, bo‘yni pichoq bilan jarohatlangan. Huquq-tartibot idoralariga qo‘shnilarining aytishicha, fojiagacha marhumning kvartirasidan shovqin va boshqa tovushlar eshitilmagan. Marhumning do‘stlari uning Turkiya fuqarosi bo‘lmagan yigiti borligini ma’lum qilishgan. Bu tanishlarning so‘zlariga ko‘ra, sevishganlarni munosabatlari og‘ir bo‘lgan va erkak bir necha bor marhumga jismonan tajovuz qilgan.
Hozirda politsiya barcha sabablarni tekshirmoqda va tergov ishlarini olib bormoqda. O‘zbekistonlik ayolning jasadi sud-tibbiyot ekspertizasi uchun o‘likxonaga yuborilgan. Hozirda huquq-tartibot idoralari marhum ayolning yigitini qidirmoqda. Holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.