Toshkentda soxta davlat raqamlariga ega "BYD" aniqlandi

Toshkentda soxta davlat raqamlariga ega "BYD" aniqlandi
Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, poytaxtda soxta davlat raqam belgilaridan foydalangan avtomobil aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, Mirobod tumanida Ichki ishlar organlari xodimlari va Davlat xavfsizlik xizmati hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-profilaktik tadbirlar chog‘ida "BYD" rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshiruvdan o‘tkazilgan. Avtomobil maxsus ma’lumotlar bazasidan tekshirilganda, undagi davlat raqam belgisi tizimda ro‘yxatdan o‘tmaganligi ma’lum bo‘lgan. Keyinchalik ushbu raqam belgisi soxta ekani aniqlangan.

Shuningdek, avtomobil bagaj qismida avvaldan yechib olingan asl davlat raqam belgilari topilgan. Tekshiruv jarayonida fuqaro o‘z transport vositasiga ruxsatsiz ravishda chaqnoq chiroqlar va sirena o‘rnatgani, shuningdek, old oynasini qoraytirgani ham aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining "Davlat raqam belgilari yoki avtomototransport vositalari va ularning tirkamalari (yarim tirkamalari) identifikatsiya raqamlarini noqonuniy tayyorlash, topshirish yoki ulardan foydalanish, shuningdek, ularni qalbakilashtirish"ga oid moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, gumondorga uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.

So'ngi yangiliklar

O‘zbekistondagi 39 ta avtosalon o‘zbek tilida yo‘riqnomalar bermagan

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi avtomobil dilerlarining faoliyati va kafolatli xizmat ko‘rsatish tizimini keng miqyosda
28-10-2025, 21:04 35

Oltin narxi O‘zbekistonda keskin pasaydi

Seshanba, 28-oktabr kuni O‘zbekistonning ichki qimmatbaho metallar bozorida oltin qiymatining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Markaziy bank
28-10-2025, 20:48 7

Serbiya Prezidenti muzokaralar va YUNESKO sessiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda

Bugun, 28-oktabr kuni, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning samolyoti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelib, Toshkent xalqaro
28-10-2025, 19:57 1

Toshkentda avtovoz tunelda tiqilib qoldi

Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi. Joriy yil 26-oktabr kuni soat taxminan 16:30 da yangi tunnelga kirishda yangi
28-10-2025, 18:32 22

Quvaytning Noor kompaniyasi islom banki yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Quvaytning "Noor Financial Investment Company" investitsiya guruhi O‘zbekiston hududida bir qator loyihalarni amalga oshirishga qiziqish
28-10-2025, 18:21 1