Krasnoyarsk shahrida o‘zbekistonlik fuqarolar ishtirokida o‘tayotgan tantana vaqtida OMON bostirib kirdi

Krasnoyarsk shahrida o‘zbekistonlik fuqarolar ishtirokida o‘tayotgan tantana vaqtida OMON bostirib kirdi
Rossiya Federatsiyasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, reyd tadbiridan videolavha e’lon qilindi.

Xabarga ko‘ra, Krasnoyarsk shahrida politsiya, Rosgvardiya va OMON xodimlari o‘zbekistonlik fuqarolar ishtirokida o‘tayotgan tantanali tadbir o‘tkazilayotgan muassasa hududiga bostirib kirgan. Shu paytda sahnada o‘zbek xonandasi Jaloliddin Ahmadaliyev qo‘shiq ijro etdi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlardan biri sahnaga chiqib, mikrofon orqali barcha mehmonlarning hujjatlari tekshirilishi zarurligini e’lon qilgan.

Natijada tadbir bir necha soatga to‘xtatilgan va zalda bo‘lgan har bir shaxs tekshiruvdan o‘tkazilgan. Tekshiruv jarayonida qoidabuzarlik aniqlangan fuqarolar zal ichidan tahqirlovchi tarzda chiqarib yuborilgan - ularni bir chiziq bo‘lib, bir-birining yelkasidan ushlashga majbur qilgan holda olib chiqqanlar.

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federatsiyasi huquqni muhofaza qiluvchi organlarining bunday harakatlariga nisbatan norozilik bildirildi. Foydalanuvchilar bu holatni yana bir bor o‘zbekistonlik fuqarolarga nisbatan kamsitish sifatida baholaganlar.

Bu Rossiyaning antimigratsion siyosati natijasi bo‘lib, ochiqchasiga boshqa millatlarini kamsitish va mazax qilish ekanligini ko‘rsatmoqda, - Rasul Kusherbayev o‘zining Telegram-kanalida yozilgan.


So'ngi yangiliklar

O‘zbekistondagi 39 ta avtosalon o‘zbek tilida yo‘riqnomalar bermagan

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi avtomobil dilerlarining faoliyati va kafolatli xizmat ko‘rsatish tizimini keng miqyosda
28-10-2025, 21:04 35

Oltin narxi O‘zbekistonda keskin pasaydi

Seshanba, 28-oktabr kuni O‘zbekistonning ichki qimmatbaho metallar bozorida oltin qiymatining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Markaziy bank
28-10-2025, 20:48 7

Serbiya Prezidenti muzokaralar va YUNESKO sessiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda

Bugun, 28-oktabr kuni, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning samolyoti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelib, Toshkent xalqaro
28-10-2025, 19:57 1

Toshkentda avtovoz tunelda tiqilib qoldi

Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi. Joriy yil 26-oktabr kuni soat taxminan 16:30 da yangi tunnelga kirishda yangi
28-10-2025, 18:32 22

Quvaytning Noor kompaniyasi islom banki yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Quvaytning "Noor Financial Investment Company" investitsiya guruhi O‘zbekiston hududida bir qator loyihalarni amalga oshirishga qiziqish
28-10-2025, 18:21 1