Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmatiga ko‘ra, ma’lumot e’lon qilindi.
Joriy yil 23-sentyabr kuni Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani hududidan o‘tuvchi A-373 "Toshkent-Osh" avtomobil yo‘lining 350-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. 1984-yilda tug‘ilgan "ZIL-53" rusumli yuk transport vositasi haydovchisi xavfsiz masofani saqlamagan holda harakatlanib, piyodalarni o‘tkazib yuborish uchun to‘xtagan "Matiz" va "BYD" avtomobillariga urilgan.
Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagan. Avtomobillarga katta texnik zarar yetgan. Mazkur holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani Ichki ishlar organlari hodisaning barcha sabablarini aniqlash maqsadida tergov-surishtiruv ishlarini olib bormoqda.