Qibray tumanida 23 yoshli HOWO haydovchisi svetoforni buzib tashladi

Qibray tumanida 23 yoshli HOWO haydovchisi svetoforni buzib tashladi
Toshkent viloyati IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati yo‘l-transport hodisasi yuzasidan xabar e’lon qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Qibray tumanida bir necha kundan buyon svetoforning buzilgani maxsus ustunga osilib turgani haqida xabarlar tarqaldi. Aniqlanishicha, yo‘l-transport hodisasi D006 "Toshkent-Chirchiq-Chimyon" yo‘lining Toshkent viloyati Qibray tumani hududidan o‘tuvchi 8-kilometrida sodir bo‘lgan. 2025-yil 15-sentabr kuni HOWO yuk mashinasining 2002-yilda tug‘ilgan haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, svetofor ustuniga urilib, unga shikast yetkazgan.

To‘qnashuvda hech kim jabrlanmagan, yo‘lning o‘sha qismidagi svetofor nosoz ekanligi aniqlangan. Hozirda svetofor to‘liq ta’mirlanib, ishlamoqda.

Toshkent viloyati IIBB YHXB haydovchilarni belgilangan yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.
So'ngi yangiliklar

O‘zbekistondagi 39 ta avtosalon o‘zbek tilida yo‘riqnomalar bermagan

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi avtomobil dilerlarining faoliyati va kafolatli xizmat ko‘rsatish tizimini keng miqyosda
28-10-2025, 21:04 35

Oltin narxi O‘zbekistonda keskin pasaydi

Seshanba, 28-oktabr kuni O‘zbekistonning ichki qimmatbaho metallar bozorida oltin qiymatining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Markaziy bank
28-10-2025, 20:48 7

Serbiya Prezidenti muzokaralar va YUNESKO sessiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda

Bugun, 28-oktabr kuni, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning samolyoti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelib, Toshkent xalqaro
28-10-2025, 19:57 1

Toshkentda avtovoz tunelda tiqilib qoldi

Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi. Joriy yil 26-oktabr kuni soat taxminan 16:30 da yangi tunnelga kirishda yangi
28-10-2025, 18:32 22

Quvaytning Noor kompaniyasi islom banki yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Quvaytning "Noor Financial Investment Company" investitsiya guruhi O‘zbekiston hududida bir qator loyihalarni amalga oshirishga qiziqish
28-10-2025, 18:21 1