Andijon viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati YTH yuzasidan xabar berdi.
Joriy yilning 25 sentabr kuni taxminan soat 15:35 da Andijon shahridagi "Bog‘ishamol" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 342-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. 1993-yilda tug‘ilgan Nexia-2 haydovchisi belgilangan joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Jabrlangan piyoda 2015-yilda tug‘ilgan qiz maktab o‘quvchisi bo‘lib, yengil tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.
Hozirda hodisaning barcha tafsilotlarini aniqlash uchun tergov-tezkor tadbirlari olib borilmoqda. Qizning hayoti xavf ostida emas.