Samarqandda Lacetti haydovchisi qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi

Samarqandda Lacetti haydovchisi qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi
Samarqand viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati YTH sodir etgan shaxs aniqlangani haqida xabar berdi.

Joriy yilning 24 sentabr kuni taxminan soat 19:00larda Samarqand tumanida YTH sodir bo‘ldi. "Lacetti" rusumli avtomashina haydovchisi katta tezlikda ketayotib, yo‘l chetida ketayotgan 2010-yilda tug‘ilgan qizni urib yuborgan. To‘qnashuvdan so‘ng haydovchi tezligini ham pasaytirmagan va tezda voqea joyidan qochib ketgan. Haydovchi topilmagani uchun qizning onasi ijtimoiy tarmoqqa yordam so‘rab video joylashtirdi.

Tergov tadbirlari natijasida aniqlanishicha, YTH sodir etgan shaxs to‘qnashuvdan so‘ng avtomashinasini zararni bartaraf etish uchun xizmat ko‘rsatish markaziga olib borgan. Uning mashinasi hibsga olindi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hozirda jabrlanuvchi tibbiy muassasada. Uning hayoti xavf ostida emas. Jabrlanuvchining onasi huquq-tartibot idoralariga baxtsiz hodisa aybdorini qo‘lga olishda tezkor choralar ko‘rgani uchun minnatdorlik bildirdi.

YHXB IIB haydovchiga nisbatan qanday choralar ko‘rilishiga aniqlik kiritmadi.

So'ngi yangiliklar

O‘zbekistondagi 39 ta avtosalon o‘zbek tilida yo‘riqnomalar bermagan

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi avtomobil dilerlarining faoliyati va kafolatli xizmat ko‘rsatish tizimini keng miqyosda
28-10-2025, 21:04 35

Oltin narxi O‘zbekistonda keskin pasaydi

Seshanba, 28-oktabr kuni O‘zbekistonning ichki qimmatbaho metallar bozorida oltin qiymatining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Markaziy bank
28-10-2025, 20:48 7

Serbiya Prezidenti muzokaralar va YUNESKO sessiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda

Bugun, 28-oktabr kuni, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning samolyoti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelib, Toshkent xalqaro
28-10-2025, 19:57 1

Toshkentda avtovoz tunelda tiqilib qoldi

Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi. Joriy yil 26-oktabr kuni soat taxminan 16:30 da yangi tunnelga kirishda yangi
28-10-2025, 18:32 22

Quvaytning Noor kompaniyasi islom banki yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Quvaytning "Noor Financial Investment Company" investitsiya guruhi O‘zbekiston hududida bir qator loyihalarni amalga oshirishga qiziqish
28-10-2025, 18:21 1