Toshkent viloyatida yuk mashinasi haydovchisi o‘lchamlarini noto‘g‘ri hisoblab, ko‘prikning bir qismini buzdi

Toshkent viloyatida yuk mashinasi haydovchisi o‘lchamlarini noto‘g‘ri hisoblab, ko‘prikning bir qismini buzdi
Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati Zangiota tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasiga izoh berdi.

Joriy yilning 26-sentabr kuni soat taxminan 19:00larda Toshkent viloyati Zangiota tumani Tariq Teshar mahallasi hududidan o‘tuvchi M39 "Toshkent-Termiz" avtomobil yo‘lida 1971-yilda tug‘ilgan "MAN" yuk mashinasi haydovchisi ko‘prik ostidan o‘tmoqchi bo‘lgan. Haydovchi transport vositalarining ruxsat etilgan o‘lchamlariga oid belgilar va boshqa belgilarga e’tibor bermay, ko‘prik ostidan haydagan. Oqibatda yuk mashinasining yuqori qismi ko‘prikning piyodalar o‘tish qismiga kelib urilgan va bu beton konstruktsiyasi yuk mashinasi ustiga qulagan.

Voqea sodir bo‘lganidan keyin Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari zudlik bilan voqea joyiga yetib kelib, vaziyatni bartaraf etishdi. Hech kim jabrlanmagan, transport harakati tiklangan. Ayni paytda ko‘prikning shikastlangan qismini, aniqrog‘i, piyodalar o‘tish joyini tiklash ishlari olib borilmoqda. Huquq-tartibot idoralari xodimlari surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
So'ngi yangiliklar

O‘zbekistondagi 39 ta avtosalon o‘zbek tilida yo‘riqnomalar bermagan

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi avtomobil dilerlarining faoliyati va kafolatli xizmat ko‘rsatish tizimini keng miqyosda
28-10-2025, 21:04 35

Oltin narxi O‘zbekistonda keskin pasaydi

Seshanba, 28-oktabr kuni O‘zbekistonning ichki qimmatbaho metallar bozorida oltin qiymatining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Markaziy bank
28-10-2025, 20:48 7

Serbiya Prezidenti muzokaralar va YUNESKO sessiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda

Bugun, 28-oktabr kuni, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning samolyoti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelib, Toshkent xalqaro
28-10-2025, 19:57 1

Toshkentda avtovoz tunelda tiqilib qoldi

Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi. Joriy yil 26-oktabr kuni soat taxminan 16:30 da yangi tunnelga kirishda yangi
28-10-2025, 18:32 22

Quvaytning Noor kompaniyasi islom banki yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Quvaytning "Noor Financial Investment Company" investitsiya guruhi O‘zbekiston hududida bir qator loyihalarni amalga oshirishga qiziqish
28-10-2025, 18:21 1