Navoiylik erkak YPX xodimi kiyimida reklama videosini suratga olgani uchun jarimaga tortildi

Navoiylik erkak YPX xodimi kiyimida reklama videosini suratga olgani uchun jarimaga tortildi
Huquqbuzarga nisbatan chora ko‘rildi - Navoiy viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l harakati xavfsizligi xodimining kiyimi kiygani aks etgan video tarqaldi. Video joriy yilning iyul oyida Navoiy shahrida suratga olinib, joriy yilning avgust oyida Instagram’da tarqatilgani aniqlandi. Videodagi YPX kiyimi kiygan shaxsning so‘zlariga ko‘ra, video suratga olingan va reklama maqsadida ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan. U YPX kiyimi maxsus kiyimlar sotiladigan do‘kondan sotib olgan.

Mazkur shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining "Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar xodimlarining formali kiyim-boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurish" moddasi bilan ma’muriy bayonnoma qo‘zg‘atildi. Unga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari (824 000 so‘m) miqdorida jarima solindi. Qayd etilishicha, mazkur moddada bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha (824 000 so‘mdan 2 060 000 so‘mgacha) miqdorida jarima belgilanadi.

So'ngi yangiliklar

O‘zbekistondagi 39 ta avtosalon o‘zbek tilida yo‘riqnomalar bermagan

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi avtomobil dilerlarining faoliyati va kafolatli xizmat ko‘rsatish tizimini keng miqyosda
28-10-2025, 21:04 35

Oltin narxi O‘zbekistonda keskin pasaydi

Seshanba, 28-oktabr kuni O‘zbekistonning ichki qimmatbaho metallar bozorida oltin qiymatining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Markaziy bank
28-10-2025, 20:48 7

Serbiya Prezidenti muzokaralar va YUNESKO sessiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda

Bugun, 28-oktabr kuni, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning samolyoti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelib, Toshkent xalqaro
28-10-2025, 19:57 1

Toshkentda avtovoz tunelda tiqilib qoldi

Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi. Joriy yil 26-oktabr kuni soat taxminan 16:30 da yangi tunnelga kirishda yangi
28-10-2025, 18:32 22

Quvaytning Noor kompaniyasi islom banki yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Quvaytning "Noor Financial Investment Company" investitsiya guruhi O‘zbekiston hududida bir qator loyihalarni amalga oshirishga qiziqish
28-10-2025, 18:21 1