Surxondaryoda "Damas" rusumli avtomashina haydovchisi piyodalar o‘tish joyida to‘rt kishini urib yubordi

Surxondaryoda "Damas" rusumli avtomashina haydovchisi piyodalar o‘tish joyida to‘rt kishini urib yubordi
Surxondaryo viloyati IIB matbuot xizmati Sho‘rchin tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasiga izoh berdi.

Joriy yilning 22-sentabr kuni taxminan soat 14:00larda Surxondaryo viloyati Sho‘rchin tumanidagi "Navro‘z" mahallasi hududidan o‘tuvchi 4K 592-yo‘lning 2-kilometrida YTH sodir bo‘ldi. 1998-yilda tug‘ilgan "Damas" rusumli avtomashina haydovchisi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan to‘rt nafar piyodani urib yubordi. Piyodalar tan jarohati olib, tuman tibbiyot markaziga yetkazilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Jabrlanganlarning jarohati og‘irligini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Shuningdek, transport vositasining texnik ekspertizasi ham o‘tkaziladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtohalokatga avtomobilni boshqarish vaqtida rulning nosozligi sabab bo‘lgan.

Surxondaryo viloyati IIB barcha haydovchilardan harakatlanishdan oldin transport vositalarining texnik holatini tekshirishni, chorrahalar, piyodalar o‘tish joylari va ta’lim muassasalariga yaqinlashganda ehtiyot choralarini ko‘rishlarini so‘radi.

So'ngi yangiliklar

O‘zbekistondagi 39 ta avtosalon o‘zbek tilida yo‘riqnomalar bermagan

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi avtomobil dilerlarining faoliyati va kafolatli xizmat ko‘rsatish tizimini keng miqyosda
28-10-2025, 21:04 35

Oltin narxi O‘zbekistonda keskin pasaydi

Seshanba, 28-oktabr kuni O‘zbekistonning ichki qimmatbaho metallar bozorida oltin qiymatining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Markaziy bank
28-10-2025, 20:48 7

Serbiya Prezidenti muzokaralar va YUNESKO sessiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda

Bugun, 28-oktabr kuni, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning samolyoti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelib, Toshkent xalqaro
28-10-2025, 19:57 1

Toshkentda avtovoz tunelda tiqilib qoldi

Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi. Joriy yil 26-oktabr kuni soat taxminan 16:30 da yangi tunnelga kirishda yangi
28-10-2025, 18:32 22

Quvaytning Noor kompaniyasi islom banki yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Quvaytning "Noor Financial Investment Company" investitsiya guruhi O‘zbekiston hududida bir qator loyihalarni amalga oshirishga qiziqish
28-10-2025, 18:21 1