Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi YHXB matbuot xizmati YTH yuzasidan xabar tarqatdi.
Joriy yilning 29-sentabr kuni soat taxminan 21:20 da Toshkent shahrining Yashnobod tumani Jarqo‘rg‘on ko‘chasida ikkita avtomashina to‘qnashib ketdi. To‘qnashuvda ZIL yuk mashinasi va Yutong yo‘lovchi avtobusi ishtirok etgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Ikkala mashina ham texnik shikastlangan.
Hozirda huquq-tartibot idoralari xodimlari hodisaning barcha tafsilotlarini aniqlash va aybdorni aniqlash maqsadida hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
Toshkent shahar IIBB haydovchilarga murojaat qilib, yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishni, ayniqsa, xavfsiz masofani saqlashni so‘radi.