Bugun, 30-sentabr kuni taxminan soat 01:00da Mustaqillik ko‘chasi, 42A-uy ro‘parasida BYD va Li Xiang L9 rusumli avtomashinalar to‘qnashib ketgan. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Hodisa natijasida Li Xiang L9 haydovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hodisa yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi (IIB) xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
IIB barcha yo‘l harakati qatnashchilariga yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishni va belgilangan tezlikdan oshmasligini eslatadi.