1 milliard so‘mga yaqin mablag‘ni o‘zlashtirgan firibgar aniqlandi - Bosh prokuratura departamenti matbuot xizmati xabar berdi.
Bosh prokuratura departamentining Jondor tumani bo‘limi xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Tekshiruv davomida muqaddam firibgarlikda ayblanib sudlangan shaxs X.I. MChJ va firibgarlik yo‘li bilan korxonaning bank hisobvarag‘idan o‘zining bank kartasiga 995,7 million so‘m o‘tkazib bergan. Jinoyatchi yoqilg‘i-moylash materiallarini sotib olishi kerak bo‘lgan, biroq aslida mablag‘larni o‘zlashtirgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining "Firibgarlik" moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Etkazilgan juda ko‘p miqdorda moddiy zarardan kelib chiqib, jinoyatchi 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Hozirda tergov davom etmoqda.