Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati bedarak yo‘qolgan erkak haqida xabar e’lon qildi.
Joriy yilning 5 sentabr kuni Toshkent viloyati Bo‘ka tumani Ramadon mahallasida yashovchi 1992-yilda tug‘ilgan Omonqulov O‘ktam Omonqul o‘g‘li uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan. Qidiruv harakatlari hozircha natija bermagan.
Tavsif: Bo‘yi 170-175 sm, o‘rta tana, sochi och jigarrang, ko‘zlari jigarrang. O‘rta kattalikdagi burun, quloq va lablar. Uydan chiqayotganida u qora erkaklar yozgi shimi va qora oyoq kiyim bo‘lgan.
Agar sizda bedarak yo‘qolgan Omonqulov O‘ktam Omonqul o‘g‘li haqida ma’lumotga ega bo‘lsangiz yoki unga o‘xshaganlarni ko‘rgan bo‘lsangiz, IIBBga +998 95 900-15-15; +998 94 674-02-08; +998 71 573-59-99 yoki 102 raqamlari orqali xabar berishingizni so‘raymiz..