Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 23 yoshli fuqaro sintetik giyohvand moddalarni tarqatgan

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 23 yoshli fuqaro sintetik giyohvand moddalarni tarqatgan
Sintetik giyohvandlik vositalari omborlarini tarqatayotgan fuqaro qo‘lga olindi - Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

IIBB xodimlar tomonidan tezkor-profilaktika tadbirlari o‘tkazildi. O‘tkazilgan tadbirlar davomida patrul-post xizmati xodimlari tomonidan 2002-yilda tug‘ilgan fuqaro to‘xtatilib, tekshirildi. Ushbu fuqaroning xatti-harakati shubha uyg‘otdi. Ko‘zdan kechirish vaqtidada undan uchta o‘ramda sintetik alfa-PVP giyohvandlik moddasi topilib, olib qo‘yildi.

Qo‘lga olingan shaxsdan olingan ko‘rsatmalarga ko‘ra, u Toshkent tumanidagi Qorasaroy mahallasi, shuningdek, Toshkent shahrining Yunusobod va Olmazor tumanlarida 21 dona xuddi shu sintetik giyohvandlik moddasini tarqatib yuborganligi aniqlangan. Ularning barchasi musodara qilinib, ish materiallariga qo‘shilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining "Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish" moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyatchi 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

So'ngi yangiliklar

O‘zbekistondagi 39 ta avtosalon o‘zbek tilida yo‘riqnomalar bermagan

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi avtomobil dilerlarining faoliyati va kafolatli xizmat ko‘rsatish tizimini keng miqyosda
28-10-2025, 21:04 35

Oltin narxi O‘zbekistonda keskin pasaydi

Seshanba, 28-oktabr kuni O‘zbekistonning ichki qimmatbaho metallar bozorida oltin qiymatining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Markaziy bank
28-10-2025, 20:48 7

Serbiya Prezidenti muzokaralar va YUNESKO sessiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda

Bugun, 28-oktabr kuni, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning samolyoti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelib, Toshkent xalqaro
28-10-2025, 19:57 1

Toshkentda avtovoz tunelda tiqilib qoldi

Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi. Joriy yil 26-oktabr kuni soat taxminan 16:30 da yangi tunnelga kirishda yangi
28-10-2025, 18:32 22

Quvaytning Noor kompaniyasi islom banki yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Quvaytning "Noor Financial Investment Company" investitsiya guruhi O‘zbekiston hududida bir qator loyihalarni amalga oshirishga qiziqish
28-10-2025, 18:21 1