Navoiyda aylanmasi 100 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan noqonuniy kriptovalyuta ayirboshlash shoxobchasi aniqlandi

Navoiyda aylanmasi 100 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan noqonuniy kriptovalyuta ayirboshlash shoxobchasi aniqlandi
Kriptovalyuta ayirboshlash shoxobchasining noqonuniy faoliyati to‘xtatildi - IIV Kiberxavfsizlik markazi matbuot xizmati xabar berdi.

Ichki ishlar xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan birgalikda Navoiy viloyatida maxsus tezkor tadbir o‘tkazdi. Olib borilgan tezkor tadbir davomida 1990, 1993, 1998, 1999-yillarda tug‘ilgan to‘rt nafar erkakdan iborat jinoiy guruh fosh etildi. Aniqlanishicha, jinoyatchilar ijtimoiy tarmoqlarda "1payment" va "P2P Trade" nomlari ostida kriptovalyuta ayirboshlash shoxobchasi tashkil qilgan. Jami 104 milliard so‘mlik operatsiyalarni amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Ular boshqa shaxsga tegishli bank kartalaridan foydalanganlar.

Jinoyatchilarning ashyolari ko‘zdan kechirilganda 68 dona bank kartalari, 12 dona mobil telefonlar, turli uyali aloqa operatorlarining sakkizta sim-kartalari, ikkita shaxsiy kompyuterlar topilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyatchilarning barcha harakatlari boshqa jinoyatlarga aloqadorligi har tomonlama tekshirilmoqda.
So'ngi yangiliklar

O‘zbekistondagi 39 ta avtosalon o‘zbek tilida yo‘riqnomalar bermagan

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi avtomobil dilerlarining faoliyati va kafolatli xizmat ko‘rsatish tizimini keng miqyosda
28-10-2025, 21:04 35

Oltin narxi O‘zbekistonda keskin pasaydi

Seshanba, 28-oktabr kuni O‘zbekistonning ichki qimmatbaho metallar bozorida oltin qiymatining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Markaziy bank
28-10-2025, 20:48 7

Serbiya Prezidenti muzokaralar va YUNESKO sessiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda

Bugun, 28-oktabr kuni, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning samolyoti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelib, Toshkent xalqaro
28-10-2025, 19:57 1

Toshkentda avtovoz tunelda tiqilib qoldi

Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi. Joriy yil 26-oktabr kuni soat taxminan 16:30 da yangi tunnelga kirishda yangi
28-10-2025, 18:32 22

Quvaytning Noor kompaniyasi islom banki yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Quvaytning "Noor Financial Investment Company" investitsiya guruhi O‘zbekiston hududida bir qator loyihalarni amalga oshirishga qiziqish
28-10-2025, 18:21 1