Soliq xizmati xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi - Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) matbuot xizmati xabar berdi.
DXX xodimlari Bosh prokuratura departamenti xodimlari bilan birgalikda maxsus tezkor tadbir o‘tkazdi. O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi xodimi qo‘lga olindi. 30 ming dollar olayotgan paytda hibsga olingan. Bu pulga Farg‘ona tumani hududidan 2023-yilda ukasiga ajratilgan 48 sotix yer maydonini 30 yillik ijaraga sotishga va’da bergani aniqlandi. Shuningdek, u yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali yerni xaridorga o‘tkazish uchun pul sarflashga va’da bergan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining "Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyatga suiqasd" moddasi orqali "Firibgarlik" moddasining 4-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish mumkin. Tergov ishlari davom etmoqda.