Buxorodagi qog‘oz sexida 4,5 milliard so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlab ketildi

Buxorodagi qog‘oz sexida 4,5 milliard so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlab ketildi
Katta hajmdagi zarar aniqlandi - "O‘zenergoinspektsiya" matbuot xizmati xabar berdi.

Buxoro viloyati "O‘zenergoinspeksiya" boshqarmasi xodimlari viloyat prokuraturasi va gaz ta’minoti korxonasi xodimlari bilan hamkorlikda tekshiruvlar o‘tkazdi. Tekshiruvlar davomida Buxoro shahrida B.E. MCHJga tegishli qog‘oz ishlab chiqarish korxonasi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanayotgani aniqlandi.

Mutaxassislar ushbu xulosalar asosida gaz ta’minoti korxonasiga yetkazilgan jami zarar 4 milliard 524 million so‘mni tashkil etganini aniqladi. Tegishli bayonnoma tuzildi.

Mazkur xolat yuzasidan to‘plangan barcha ish materiallari tergovga qadar tekshiruv o‘tkazish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan. Aybdor deb topilgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining "O‘g‘irlik" moddasi 4-qismi bilan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Tekshiruv harakatlari davom etmoqda.
So'ngi yangiliklar

O‘zbekistondagi 39 ta avtosalon o‘zbek tilida yo‘riqnomalar bermagan

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi avtomobil dilerlarining faoliyati va kafolatli xizmat ko‘rsatish tizimini keng miqyosda
28-10-2025, 21:04 35

Oltin narxi O‘zbekistonda keskin pasaydi

Seshanba, 28-oktabr kuni O‘zbekistonning ichki qimmatbaho metallar bozorida oltin qiymatining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Markaziy bank
28-10-2025, 20:48 7

Serbiya Prezidenti muzokaralar va YUNESKO sessiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda

Bugun, 28-oktabr kuni, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning samolyoti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelib, Toshkent xalqaro
28-10-2025, 19:57 1

Toshkentda avtovoz tunelda tiqilib qoldi

Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi. Joriy yil 26-oktabr kuni soat taxminan 16:30 da yangi tunnelga kirishda yangi
28-10-2025, 18:32 22

Quvaytning Noor kompaniyasi islom banki yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Quvaytning "Noor Financial Investment Company" investitsiya guruhi O‘zbekiston hududida bir qator loyihalarni amalga oshirishga qiziqish
28-10-2025, 18:21 1