Ikki nafar mansabdor shaxs qo‘lga olindi - Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda maxsus tezkor tadbir o‘tkazdi. O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Toshkent shahar Kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasining ikki nafar xodimi qo‘lga olindi. Ular 30 million so‘m olayotgan paytda hibsga olingan. Aniqlanishicha, qo‘lga olinganlar mansab mavqeini suiiste’mol qilib, Bo‘zsuv kanali hududiga chiqindi materiallarni noqonuniy tashlab yuborgan qurilish kompaniyasidan olgan pullari uchun jarimadan voz kechishga va’da berishgan. Jarimaning umumiy miqdori 60 million so‘m bo‘lishi kerak edi, ammo aybdorlar o‘zlari uchun 50 foiz talab qilishdi.
Holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.