Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq yana bir holat fosh etildi - "O‘zenergoinspektsiya" matbuot xizmati xabar berdi.
"O‘zenergoinspektsiya"ning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan tekshiruvlar o‘tkazildi. Qamashi tumanida "Q.Y.M.F" unitar korxonasi faoliyati tekshirilgan. Tekshiruv davomida korxona binolari elektr tarmoqlariga noqonuniy ulangan, elektr hisoblagichlarini chetlab o‘tgani aniqlandi.
Mutaxassislarning dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, jami zarar 1 milliard so‘mni tashkil etgan bo‘lib, bu o‘ta yirik hajmdagi zarar hisoblanadi.
Tegishli hujjatlar tuzilib, dastlabki tergov o‘tkazish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra korxonadagi mas’ul mansabdor shaxslarning harakatlariga huquqiy baho beriladi.