Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika seysmik monitoring markazi matbuot xizmati zilzila haqida ma’lumot e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 7 oktyabr kuni taxminan soat 16:35da Afg‘onistonda 5 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan. Zilzila epitsentri M=5,2 magnitudali, markazi esa 30 km chuqurlikda joylashgan.
O‘zbekistonda zilzila quyidagi tumanlarda sezildi:
Sho‘rchi tumani - 2 ball (zilzila o‘chog‘idan 192 km uzoqlikda);
Uzun tumani - 2 ball (zilzila o‘chog‘idan 199 km uzoqlikda);
Denov tumani - 2 magnitudali (zilzila epitsentridan 204 km uzoqlikda);
Qumqo‘rg‘on tumani - 2 ball (zilzila o‘chog‘idan 211 ball);
Sariasi tumani - 2 ball (zilzila markazidan 211);
Oltinsoy tumani - 2 ball (zilzila markazidan 212 ball).
Ta’kidlanishicha, zilzila o‘chog‘idan Toshkent shahrigacha bo‘lgan masofa 434 km.