Taqiqlangan moddalarni tarqatish to‘xtatildi - Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Ichki ishlar organlari xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda Toshkent shahrida maxsus tezkor tadbir o‘tkazdi. Tezkor tadbir davomida Yunusobod tumanida yashovchi 1991-yilda tug‘ilgan fuqaro to‘xtatilib, tekshirildi. Ko‘zdan kechirilganda, undan narkotik va psixotrop moddalar aniqlangan.
Erkakning yashash joyida ham tintuv o‘tkazilgan. o‘z hovlida tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan kannabis o‘simligini yetishtirgani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, u uy sharoitida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar, shuningdek, giyohvand moddalarni iste’mol qilish uchun qo‘lbola yasalgan bir nechta asboblarni saqlagan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining "Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish" va "Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish" moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Erkak 20 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.