12 ta mahallada gaz ta’minoti uzildi - Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi "Bog‘chakalon" MFY yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganligi xabar qilindi. Kombayn haydovchisi transport vositasining o‘lchamlarini noto‘g‘ri baholab, yuqori bosimli gaz quvuriga to‘qnashib ketgan. Natijada 12 ta mahalla gazsiz qoldi. Xususan, "Paxtachi-2" gaz uzatish stansiyasidan aholi tabiiy gaz olayotgan "Istiqlol", "Navro‘z", "Bog‘chakalon", "Zarafshon", "Tamabaxrin", "Polvonota", "Novja", "Avohli", "Paxtakor", "Toshqulok", "Xo‘jaqulobod", "I.Karvon" mahallalarida gaz uzildi.
Hozirda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ta’mirdan keyin gaz ta’minoti to‘liq tiklanadi.