Noqonuniy faoliyatga chek qo‘yildi - IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan maxsus tezkor tadbir o‘tkazildi. Olib borilgan tezkor tadbir davomida 1986-yilda tug‘ilgan Oxangaronlik ayol va uning jinoiy sherigi 1968-yilda tug‘ilganlar qo‘lga olindi. Jinoyatchilar tegishli litsenziya olmay turib, turli qimor o‘yinlarini uyushtirganliklari aniqlandi. Ular o‘z mijozlaridan har bir sotilgan chipta uchun 2500 so‘mdan olgan, bu esa lotereya yutug‘i o‘yinida qatnashish huquqini bergan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining "Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish" moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tashkilotchilar yetti yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.