Huquqbuzarga nisbatan choralar ko‘rildi - Toshkent shahar IIBB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda BMW haydovchisi qo‘pol yo‘l harakati qoidalarini buzayotgani aks etgan video tarqaldi. Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida huquqbuzarning shaxsi aniqlanib, avtomashinasi jarima maydonchasiga joylashtiriladi. Huquqbuzarning so‘zlariga ko‘ra, uning qilmishi dugonasining to‘yini nishonlash bilan bog‘liq bo‘lgan.
Mazkur shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining "Yo‘l bezoriligi" 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma qo‘zg‘atilgan. Unga bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari (10 300 000 so‘m) miqdorida jarima solinishi va haydovchilik guvohnomasidan 1 yildan 2 yilgacha muddatga mahrum etilishi kutilmoqda. Yakuniy qaror sud tomonidan qabul qilinadi.