Prokuratura xodimlar tomonidan noqonuniy xatti-harakatlarga chek qo‘yildi - Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Toshkent viloyatining Bekobod shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Guliston tumani bo‘limi xodimi hamda shu departamentining Bekobod shahar boshqarmasi xodimi qo‘lga olindi. Hibsga olishlar maxsus kimyoviy modda bilan oldindan ishlov berilgan 25 ming dollarni olayotgan vaqtda amalga oshirilgan.
Aniqlanishicha, ushbu mablag‘lar evaziga ular to‘rtta MChJning norasmiy boshqaruvchisiga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining "Soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash" 3-qismi bilan jinoiy javobgarlikdan qochishga yordam berishni va’da qilgan bo‘lib, hozirda jinoyat ishlari bo‘yicha Zangiota tumani sudida ko‘rilmoqda. Shuningdek, ular Sirdaryo viloyatidagi ikkita MChJda o‘tkazilgan soliq tekshiruvlarini haqiqiy emas deb topishga va’da berishdi.
Bundan tashqari, dastlabki tergov davomida qo‘lga olinganlar jinoyat ishi bo‘yicha soliq tekshiruvi chog‘ida aniqlangan zararni yengillashtirish evaziga avvalroq norasmiy boshqaruvchisidan 108 ming AQSh dollari olgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining "Firibgarlik" moddasining 4-qismi va "Pora berish" moddasining 3-qismi bilan "Jinoyat ishtirokchilarining turlari" moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.