Qashqadaryoda sifatsiz AI-80 benzini sotuvga chiqarildi

Qashqadaryoda sifatsiz AI-80 benzini sotuvga chiqarildi
Sifatsiz neft mahsulotlarini sotayotgan yoqilg‘i quyish shoxobchasiga nisbatan choralar ko‘rildi - "O‘zenergoinspektsiya" matbuot xizmati xabar berdi.

"O‘zenergoinspektsiya"ning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan tekshiruvlar o‘tkazildi. Tekshiruv davomida P.P. MChJga tegishli bo‘lgan yoqilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati o‘rganildi. AYOQSh Qashqadaryo viloyati Qamashin tumanida joylashgan. Tekshiruv davomida AI-80 rusumli yoqilg‘i namunalari olinib, laboratoriya tahliliga jo‘natildi.

Laboratoriya xulosasiga ko‘ra, yoqilg‘i quyish shoxobchasida sifatsiz AI-80 benzini sotilgan. Yoqilg‘i davlat standartlariga javob bermagan.

Ushbu hodisa yuzasidan yoqilg‘i quyish shoxobchasi tegishli hujjatlarni tayyorlagan. Ularga 19,1 million so‘m jarima solindi. Jarima sotilgan past sifatli yoqilg‘ining umumiy qiymatining 50 foizini tashkil etdi. Aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan yoqilg‘i quyish shoxobchasi rahbariyatiga ham buyruq berildi.
So'ngi yangiliklar

O‘zbekistondagi 39 ta avtosalon o‘zbek tilida yo‘riqnomalar bermagan

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi avtomobil dilerlarining faoliyati va kafolatli xizmat ko‘rsatish tizimini keng miqyosda
28-10-2025, 21:04 35

Oltin narxi O‘zbekistonda keskin pasaydi

Seshanba, 28-oktabr kuni O‘zbekistonning ichki qimmatbaho metallar bozorida oltin qiymatining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Markaziy bank
28-10-2025, 20:48 7

Serbiya Prezidenti muzokaralar va YUNESKO sessiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda

Bugun, 28-oktabr kuni, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning samolyoti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelib, Toshkent xalqaro
28-10-2025, 19:57 1

Toshkentda avtovoz tunelda tiqilib qoldi

Poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati rasmiy xabar e’lon qildi. Joriy yil 26-oktabr kuni soat taxminan 16:30 da yangi tunnelga kirishda yangi
28-10-2025, 18:32 22

Quvaytning Noor kompaniyasi islom banki yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Quvaytning "Noor Financial Investment Company" investitsiya guruhi O‘zbekiston hududida bir qator loyihalarni amalga oshirishga qiziqish
28-10-2025, 18:21 1