Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati YTH yuzasidan xabar tarqatdi.
Joriy yilning 7 oktyabr kuni taxminan soat 05:15 da Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahri hududidan o‘tuvchi M34 "Toshkent-Dushanbe" avtomobil yo‘lining 26-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. 1990-yilda tug‘ilgan "Lacetti" rusumli avtomashina haydovchisi beixtiyor qurilayotgan er osti piyodalar o‘tish joyi qazilgan chuqurga kirib ketgan. Qurilish maydonchasida ogohlantirish belgilari o‘rnatildi.
YTHdan so‘ng haydovchi va ikki nafar yo‘lovchi 1981 va 1985-yillarda tug‘ilganlar Yangiyo‘l shahar tibbiyot birlashmasiga tibbiy yordam so‘rab murojaat qilishgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.