Elektr energiyasini o‘g‘irlash holati aniqlandi - Namangan viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ichki ishlar idoralari xodimlari boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda bir qator profilaktik-tezkor tadbirlarini o‘tkazdi. Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida Farg‘ona viloyatining Buvaydin tumanida yashovchi Pop tumanidagi fermer xo‘jaligida suv nasosini o‘zboshimchalik bilan elektr energiyaga ulab qo‘ygani ma’lum bo‘ldi. Ulanish elektr energiyasi yetkazib beruvchi bilan tegishli shartnoma tuzmasdan amalga oshirilgan. Binobarin, hisoblangan moddiy zarar 264,6 million so‘mni tashkil etdi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining "O‘g‘irlik" moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Erkak 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Hozirda tergov davom etmoqda.