Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi - Andijon viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan birga huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar xodimlari tomonidan maxsus tezkor tadbir o‘tkazildi. Tezkor tadbir davomida jinoiy guruhning 9 nafar a’zosi qo‘lga olindi. Ular Suriyaga borib, xalqaro terroristik tashkilotlarga qo‘shilishni rejalashtirgan. Ularning barchasi Shahrixon tumanida yashovchi, 2007-yilda tug‘ilgan, bir sinfda o‘qigan.
Jinoyatchilardan biri Telegram messenjerida va Instagramda taqiqlangan guruh tashkil qilgani aniqlandi. Bu kanallar orqali u tanishlariga taqiqlangan diniy materiallarni tarqatgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining "Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish" moddasi 3-qismi hamda "Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish" 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyatchilar 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.